Oliy Majlis deputati: “...Ular butun boshli xalqni yechintirdilar... Hayf...”

Oliy Majlis deputati: “...Ular butun boshli xalqni yechintirdilar... Hayf...”
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ichki ishlar xodimi gumonlangan ayolni yechintirganligi videosi tarqalishi ortidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev munosabat bildirdi:

“Ular o‘g‘ri deb gumon qilingan ayolni emas, butun boshli millatni, xalqni, davlatni yechintiribdilar. Qonunlarimizni, orimizni, erkak degan nomimizni oyoqosti qilibdilar... Hayf, hayf, hayf”, deb yozdi janob Kusherboyev o‘z Facebook sahifasida.

Eslatib o‘tamiz: ushbu voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Oliy Majlis deputati: “...Ular butun boshli xalqni yechintirdilar... Hayf...”
(fotosurat Rasul Kusherboyevning Facebook sahifasidan)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.