Mubashshir Ahmad "ko‘pxotinlik haqida" fikr bildirdi

Mubashshir Ahmad "ko‘pxotinlik haqida" fikr bildirdi
Avval xabar berganimizdek, jurnalist Jasur Hamroyev va Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad domla o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Jasur Hamroyev tarmoq foydalanuvchilaridan kelgan savollarni o‘qib eshittirdi. Jumladan, jurnalistning «Ko‘pxotinlikka fikringiz qanday?» degan savoliga Mubashshir Ahmad domla:

«To‘g‘risi bu juda ham siyqasi chiqib ketgan mavzu. Bu haqida qancha gapirsa gap ko‘p. Qisqa aytishim mumkin. Islomda ruxsat berilgan. Ruxsat degan so‘zni, menimcha, tushunsak kerak. Muayyan holatlarda bu narsaga ruxsat berilgan. Va bu hayotga (ko‘pxotinlikka-tahr.) qadam qo‘ygandan keyin shartlari bor. Ana shu shartlarga rioya qilgan holatda yashash – talab qilingan hayotdir. Bundan ko‘p gap oshiqcha», deb javob berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.