Grand Mir qarshisidagi soatli minora olib tashlanmoqda (foto)

Grand Mir qarshisidagi soatli minora olib tashlanmoqda (foto)
Toshkent hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev Grand Mir mehmonxonasi qarshisiga yaqinda o‘rnatilgan soatli minorani olib tashlashga buyruq berdi.
Toshkentdagi Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidagi (Grand Mir mehmonxonasi qarshisida) soatli minora olib tashlanadi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.
Grand Mir qarshisidagi soatli minora olib tashlanmoqda (foto)
Minoraning o‘rnatilishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilardan biri Toshkent minorasining Amerikaning Somervill shahridagi «Eslash vaqti» yodgorligi (poydevoriga okrugning 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarda halok bo‘lgan 39 nafar aholisi ism-shariflari yozilgan soatli minora) bilan o‘xshash ekaniga e’tibor qaratdi. Toshkentdagi minorada ham «Time to remember» yozuvining borligi ob’ekt dizayni ko‘chirilganiga shubha qoldirmaydi.

Manba: Gazeta.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.