Buxoroda binoning qulashi insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi (foto)

Buxoroda binoning qulashi insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi (foto)
Foto: facebook.com/Bukharainfo
Buxorodagi ikki qavatli binoning bir qismi qulashi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Xabar.uz».

Voqea 2 avgust kuni eski taxta zavodi o‘rnidagi bozorda sodir bo‘lgan. O‘sha kuniyoq ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan fotolar joylangandi. Bu bino yoniga qo‘yilgan mashinalarning majaqlanib yotgan suratlari edi. Hodisa guvohlarining aytishicha, uy qulagan vaqtda mashinalarning ichida odamlar bo‘lgan.
Buxoroda binoning qulashi insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi (foto)
Foto: facebook.com/Bukharainfo
Buxoro shahar IIBning ma’lum qilishicha, xususiy qurilish tashkiloti tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari ikki qavatli ko‘shni binoning qulashiga sabab bo‘lgan.

«Halokatdan ikki kun avval quruvchilar chuqurligi 2,5 metr, o‘lchami 17 metrga 15 metr bo‘lgan kotlovan qazishni tugatishgan edi. Aynan shu binoning qulashiga sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Ular bino oldida to‘xtab turgan «Matiz» va «Tico» avtomobillarining ichida bo‘lgan», – dedi Buxoro shahar IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Rustam Ashurov.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.