Toshkentda yana bir Mersedes-Benz avtobusi yonib ketdi (video)

Toshkentda yana bir Mersedes-Benz avtobusi yonib ketdi (video)
Toshkentda 29 avgust soat 20:17 atrofida 131-yoʻnalish boʻyicha qatnovchi Mersedes-Benz Low Conecto markasidagi yoʻlovchi avtobusi yonib ketdi.

Toshkent shahar IIBB maʼlumotlariga koʻra, 12-sonli avtosaroyga qarashli avtobusga Olmazor tumanidagi “Ziyolilar” bekati yonida oʻt ketgan. Voqea joyiga 20:22 da ikkita oʻt oʻchirish raschyoti yetib kelgan. Yongʻin soat 20:26da bartaraf etilgan.

Yongʻin avtobusning motor boʻlimida yuz bergan. Bunga avtobusning yonilgʻi tizimidagi nosozlik sabab boʻlgan. Yongʻin oqibatida hech kimga shikast yetmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.