Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga yozilgan ehson tadbirida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga yozilgan ehson tadbirida ishtirok etdi
Bugun, 2 sentyabr kuni Oʻzbekistonda mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimovni xotirlash kuni boʻlib oʻtmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gul qoʻydi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Bugun shuningdek, poytaxtdagi “Navroʻz” marosimlar uyida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagʻishlab ehson dasturxoni yozildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Qurʼon tilovat qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga yozilgan ehson tadbirida ishtirok etdi
Tadbirda Respublika vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik hamda yurtimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etgan.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga yozilgan ehson tadbirida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga yozilgan ehson tadbirida ishtirok etdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.