Lukashenko: “Oʻzbeklarday savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki marta boyroq boʻlardik”

Lukashenko: “Oʻzbeklarday savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki marta boyroq boʻlardik”
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif tafsilotlarini yoritib borayotgan Belarus Telegraf agentligi – “BelTA”ning xabar berishicha, ikki mamlakat rahbarlarining tor doiradagi muzokarasida Aleksandr Lukashenko Oʻzbekiston iqtisodiyoti va davlatlararo munosabatlari taraqqiy etayotganidan belaruslar mamnun ekanini aytib oʻtgan, deb yozmoqda “Xalq soʻzi” nashri.

Shuningdek, u yurtimizda istiqomat qilayotgan belarus diasporasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik izhor qilgan.

“Men bu yerga Sizning Belarus va belaruslarga munosabatingiz uchun minnatdorlik bildirgani keldim. Biz, avvalo, mehnatsevarligimiz bilan bir-biriga juda oʻxshash xalqmiz. Agar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni oʻzbeklar kabi savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki karra boyroq boʻlardik. Oʻylaymanki, sizlar bizga oʻz tajribangizni oʻrgatasiz,” – degan Belarus rahbari.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.