Komil Rashidov: “Doʻstlik” NOʻP Qirgʻiziston fuqarolari uchun yopilmagan

Komil Rashidov: “Doʻstlik” NOʻP Qirgʻiziston fuqarolari uchun yopilmagan
Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻizistondagi elchisi Komil Rashidovning “Vecherniy Bishkek” nashriga xabar berishicha, Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punkti odatiy rejimda ishlamoqda.

“Nazorat-oʻtkazish punkti yopilmadi. Chegarachilar chegara boʻylab fuqarolarni tartibga rioya etgan holda oʻtkazmoqda”, - deya aniqlik kiritgan diplomat.

Shuningdek, Komil Rashidovning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston Chegara xizmati fuqarolarning har ikki tomonga oʻtishi muammolarsiz va ortiqcha kechiktirishsiz amalga oshishi tarafdori. Bildirilishicha, nazorat-oʻtkazish punkti xalqaro maqomga ega va kuniga 24 soat ishlaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qirgʻizistonliklar Oʻzbekiston hududiga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punktidan (NOʻP) olingan videoni vaziyatga guvoh boʻlganlardan biri Facebookʻda eʼlon qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.