Poytaxt koʻchalarida ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda


Erta tongda poytaxt koʻchalarida ommaviy ravishda badantarbiya mashgʻulotlari bilan shugʻullanayotganlarni koʻrib ajablanayotgandirsiz?
Poytaxtliklar oʻz salomatliklari yoʻlida jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni kundalik odatga aylantirishmoqda. Ana shunday mashgʻulotlardan biri bugun, 25 sentyabr erta tongdan Salomatlik maktablari qoshidagi “Eʼzozli ayollar” guruhlari aʼzolarining badantarbiya mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabariga koʻra, “Milliy bogʻ” maydonidagi mashgʻulotlarda 200 dan ortiq ayol ishtirok etishdi.
Soat 7:30 da “Xalqlar doʻstligi” saroyi hududida oʻtkazilgan mashgʻulotlarda esa 100 dan ziyod yosh faollik koʻrsatdilar.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













