Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovgʻa qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovgʻa qildi (foto)
Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari Tursunzoda tumanidagi “Bogʻi somon” dehqon xoʻjaligiga tashrif buyurdi.

Xoʻjalik rahbari Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi. U ota kasbini davom ettirib, qut-baraka, elda obroʻ topgan. Bugungi kunda xoʻjalik uzumzori 500 gektarga yetgan. Oʻnga yaqin navdagi shirin va hosildor uzumlar dovrugʻi butun mintaqamizga taralgan.
Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovgʻa qildi (foto)
Prezidentimiz uzumzor bogʻ va mahsulotlar omborini koʻzdan kechirdi. Shavkat Mirziyoyev Kamol ota Madumarovga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan Captiva avtomashinasini sovgʻa qildi.
Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovgʻa qildi (foto)
Davlatimiz rahbari shu tumandagi “Vatan” dehqon xoʻjaligida ham boʻlib, uning rahbari Neʼmat hoji Usmonovga yana bir avtomashina tuhfa etdi.
Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovgʻa qildi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.