Komil Allamjonov prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi

Komil Allamjonov prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi
Komil Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari oʻrinbosari — Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi. Ushbu qaror sababini aniqlashning imkoni boʻlmadi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.

Komil Allamjonov mazkur lavozimga prezident Shavkat Mirziyoyevning 27 avgustdagi farmoni bilan tayinlangan edi.

Prezident matbuot kotibi hamda davlat rahbari ijro apparati rahbari oʻrinbosari lavozimiga esa oʻtgan yilning dekabrida tayinlangan.

Komil Allamjonov (1984 y. t.) — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti (2006) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2010) bitiruvchisi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.