Bir yilda O‘zbekistonda 2,4 mln tonna go‘sht yetishtirilishi kutilmoqda

Joriy yil O‘zbekistonda 2,4 mln tonna go‘sht yetishtirilishi kutilmoqda. Bu ma’lumot Qishloq xo‘jaligi vazirligining muhokamalar portalida joylashtirilgan qonun-loyihasida keltirilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, jami go‘sht hajmining 5,5 foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanadi.
Aytib o‘tish joizki, O‘zbekistonda yil boshidan buyon go‘sht mahsulotlari o‘rtacha 23% oshdi. Ushbu davrda, ayniqsa, mol go‘shti (24,1%) va qo‘y go‘shti (22,6%) narxi sezilarli darajada o‘sgan.
Narx oshishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 30 oktyabrda imzolagan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarga qadar go‘sht mahsulotlarini bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lumotlarga qaraganda, jami go‘sht hajmining 5,5 foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanadi.
Aytib o‘tish joizki, O‘zbekistonda yil boshidan buyon go‘sht mahsulotlari o‘rtacha 23% oshdi. Ushbu davrda, ayniqsa, mol go‘shti (24,1%) va qo‘y go‘shti (22,6%) narxi sezilarli darajada o‘sgan.
Narx oshishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 30 oktyabrda imzolagan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarga qadar go‘sht mahsulotlarini bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













