Qo‘qondagi xonadonlardan birida 1,5 million so‘mlik pirotexnika vositalari chiqdi

Qo‘qondagi xonadonlardan birida 1,5 million so‘mlik pirotexnika vositalari chiqdi
Qo‘qondagi xonadonlardan birida 1,5 million so‘mlik pirotexnika vositalari chiqdi

Pirotexnika vositalarining O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqatilishiga qarshi keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilayotganiga qaramay, qonun buzilishi holatlari uchrab turibdi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Na postu” gazetasi xabar bermoqda.

Xususan, Qo‘qon shahar IIB tomonidan shahardagi xonadonlardan biri tekshirilganida, uyda 1,5 million so‘mlik pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

“Shu kunlarda ushbu yo‘nalishdagi tezkor-profilaktika tadbirlari butun viloyat bo‘ylab davom etmoqda”, – deyiladi gazeta xabarida.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.