Yangi yil archalari reytingida Toshkent archasi 4-o‘rinni egalladi

Yangi yil archalari reytingida Toshkent archasi 4-o‘rinni egalladi
Foto: «Novosti Uzbekistana»
«TurStat» tahliliy agentligi MDH davlatlarining 2019 yil Yangi yil bayrami archalari reytingini e’lon qildi. Mazkur reyting MDH davlatlari poytaxtlarida yasatilgan bosh archalar balandligi tahlil natijalari asosida tuzildi, deb yozadi «Novosti Uzbekistana».

Moskvada o‘rnatilgan Yangi yil archasi MDH davlatlari poytaxtlaridagi tirik archalar reytingida birinchilikni egalladi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, MDH shaharlaridagi eng baland Yangi yil archalari o‘nligiga Ashxobod (38 metr), Baku (37 metr), Yerevan (37 metr), Toshkent (35 metr), Minsk (30 metr), Dushanbe (28 metr), Moskva (27 metr), Ostona (25 metr), Bishkek (25 metr) va Tbilisi (25 metr) kirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.