O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» ishlab ketdi

O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» ishlab ketdi
Bugun, 15 yanvardan O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» hech qanday VPNsiz yana ishlab ketdi. Eslatib o‘tamiz, bir necha oydan buyon ushbu ijtimoiy tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishning imkoni bo‘lmayotgan edi.

«Facebook» O‘zbekiston hududida o‘tgan yilning sentyabr oyidan yopiq qolayotgan edi. «YouTube»ga esa oktyabr oyining boshlaridan kirish qiyinlashgandi.

Ayni paytda har ikkala ijtimoiy tarmoq ham VPNsiz ochilmoqda. Biroq ishlash tezligida muammolar hamon sezilyapti.
«Downdetector» ma’lumotlariga ko‘ra, «Facebook»ning ishlashida hamon biroz muammo bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.