Tug‘ilgan kunga «sovg‘a»: xonanda 500 dollar jarimaga tortildi

Tug‘ilgan kunga «sovg‘a»: xonanda 500 dollar jarimaga tortildi
Dushanbe sudi taniqli tojik estrada qo‘shiqchisi Firuza Hafizovani 5 ming somoniy (500 dollardan ko‘proq) jarimaga tortdi. Asos — xonanda tug‘ilgan kunini hamkasblari bilan birga nishonlagan.

Xonanda Tojikistonning marosimlar to‘g‘risidagi qonunini buzgani uchun jazolandi. Bu qonun fuqarolarga o‘z tavallud ayyomlariga artistlar tugul do‘stlarni chaqirishni ham man etadi, bayram qilmoqchimisan, marhamat, faqat oila davrasida.

«Hafizova ishi»da daliliy ashyo sifatida uning tug‘ilgan kunida olinib, ijtimoiy tarmoqlarda «aylantirilgan» video asos qilib olindi.

Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon tashabbusi bilan «Tojikiston Respublikasida an’analar, marosimlar va urf-odatlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, 2007 yilning 8 iyunida amalga kiritilgan, 2017 yildan yanada kuchaytirilgandi. Qo‘shni davlat hukumatini ham tushunish kerak, axir fuqarolar mamlakat byudjeti xarajatlaridan bir yarim baravar ko‘p pulni to‘y va dafn marosimlariga sarflab yuborishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.