Farg‘onada ikki fuqaro taksiga o‘tirib, haydovchini talab ketdi...

Farg‘onada ikki fuqaro taksiga o‘tirib, haydovchini talab ketdi...
Foto: IIV
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 2019 yil 16 fevral kuni Qo‘qon shahar Buloqboshi ko‘chasida yashovchi Sh.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 14 fevral kuni Uchko‘prik tumanida yashovchilar, S.V. va N.S.lar uning Matiz rusumli avtomashinasiga Qo‘qon shahar To‘qqizbuloq ko‘chasida yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Uchko‘prik tumani Hoshim dasht qishlog‘i hududiga yetib kelgan vaqtlarida S.V., N.S.lar uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, Asus mobil telefoni, telefon quvvatlash moslamasi, fleshka va pullarini olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida S.V., N.S.lar ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.