Chiroqchida tugʻilgan Shavkat, Miromon va Mirziyolarning otasiga Spark berildi (foto)

Chiroqchida tugʻilgan Shavkat, Miromon va Mirziyolarning otasiga Spark berildi (foto)
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan Shavkat, Mirziyo va Miromonlarning otasi Sherzod Doʻstmurodovga Prezident sovgʻasi — Spark mashinasi sovgʻa qilindi. Bu haqda “Daryo” viloyat hokimi oʻrinbosari Maqsuda Mustafoyevaga tayanib maʼlum qilmoqda.

Maqsuda Mustafoyevaga koʻra, Prezident sovgʻasini bugun, 4 mart kuni viloyat hokimligi vakillari va tuman hokimi Rustam Joʻraqobilovlar tantanali ravishda topshirgan.
Chiroqchida tugʻilgan Shavkat, Miromon va Mirziyolarning otasiga Spark berildi (foto)
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
“Toʻgʻrisi bu men uchun qoʻshaloq bayram boʻldi, — deydi egizaklarning otasi Sherzod Doʻstmurodov. – Bugun xonadonimizda toʻy. Bizdek yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Viloyat hokimimiz Zafar Roʻziyevga ham rahmat. Nasib etsa farzandlarim el koriga yaraydigan insonlar boʻlib yetishadi”.
Chiroqchida tugʻilgan Shavkat, Miromon va Mirziyolarning otasiga Spark berildi (foto)
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Chiroqchi tumanidagi tarix fani oʻqituvchisi Sherzod Doʻstumrodov xonadonida 3 egizak joriy yil 21 yanvar kuni dunyoga kelgan edi.
Chiroqchida tugʻilgan Shavkat, Miromon va Mirziyolarning otasiga Spark berildi (foto)
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.