Talabalar selda oqib kelayotgan avtomashinadagi odamlar hayotini saqlab qolishdi (video)

Talabalar selda oqib kelayotgan avtomashinadagi odamlar hayotini saqlab qolishdi (video)
Toshkent davlat texnika universiteti Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti, metallurgiya yoʻnalishi 2-kurs 1-17 guruh talabalari murabbiy boshchiligida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” aksiyasi doirasida dam olish kunlari Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, sayohat davomida viloyatning Qoʻshrabot tumanida kursdoshlari uyida mehmon boʻlgan talabalar 2019 yil 20 aprel kuni selda oqib kelayotgan avtomashina ichidagilarni – butun boshli oila aʼzolarining hayotini saqlab qolishdi.

Talabalar oqim bilan kelayotgan “Neksiya” avtomobilini toʻxtatib, uning ichidan er-xotin, ularning ikki oylik chaqalogʻi hamda buvisini qutqarib olishdi, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.