O‘zbekiston xalq shoirlari YTHga uchradi

O‘zbekiston xalq shoirlari YTHga uchradi
O‘zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim va Mahmud Toir Farg‘ona vodiysidan qaytishda avtohalokatga uchraganlar. Bu haqda «Xabar.uz» nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, avtoulovda taniqli shoir va jurnalist Nodir Jonuzoq va Yozuvchilar uyushmasining viloyatdagi rahbarlaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ijodkorlarga og‘ir shikast yetmagan, ularga qo‘l sinishi va bosh chayqalishi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda ular shifokor nazorati ostida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.