Surxondaryoga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda

Surxondaryoga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida bugun, 30 aprel kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.

Ushbu tashrif davomida Surxondaryoga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. «Minbar»ning xabariga ko‘ra, «O‘zbekipaksanoat» assotsiatsiyasi raisi Bahrom Sharipov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Po‘latov 1 aprel kuni lavozimidan ozod etilgandi. Prezident viloyat hokimini nega ishdan olib tashlaganiga izoh ham bergandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.