Pokistonlik general Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

Pokistonlik general Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Pokistonlik general Sodiq Ali boshchiligidagi delegatsiya 30 may kuni Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Delegatsiya a’zolari dastlab Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.

Majmua yonida bunyod etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan tanishuv chog‘ida qisqa fursatda bunyod etilgan ushbu markazning yaratilish tarixi, uning faoliyati haqida mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi. Bu yerdagi muzey va undagi eksponatlar pokistonliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Pokistonlik general Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
General Sodiq Ali buyuk muhaddis qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, bu zot to‘plagan sahih hadislar islom dinining asl mohiyatini odamlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Pokistonlik general Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.