DXA: pensiya daftarchalari endi elektron ko‘rinishda bo‘ladi

DXA: pensiya daftarchalari endi elektron ko‘rinishda bo‘ladi
Bugungi kunda deyarli barcha sohalar raqamli ko‘rinishga o‘tkazilmoqda. Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalarini yuritish ham bundan mustasno emas, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.

Endilikda, jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini ochish keragi bo‘lmaydi. Shaxsiy pensiya hisobida to‘plangan mablag‘lar holati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoni mavjud.

Buning uchun quyidagi havola orqali o‘tish lozim: https://cabinet.xb.uz:82/

Keyin pasport ma’lumotlarini va telefon raqamini kiritish kerak. Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari holati haqida ma’lumot tayyor, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.