Milliy gvardiya endi litsenziya berish huquqiga ham ega bo‘ldi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi ob’ektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.
Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.
Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.
Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi ob’ektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.
Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.
Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.
Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













