Toshkentda o‘zaro janjal oqibatida bir kishi pichoqlandi

Toshkentda o‘zaro janjal oqibatida bir kishi pichoqlandi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 28 yoshli R.R. mast holda bo‘lgan Chilonzor tumani 3-dahada yashagan, muqaddam sudlangan 27 yoshli M.R.ning uyida o‘zaro janjal tufayli uni pichoq bilan jarohatlagan, deb yozmoqda Daryo.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, voqea 2019 yil 9 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Natijada M.R. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.R.qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.