Toshkent markazida qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida katta yong‘in kelib chiqdi (video)

Foto: Golden House
Toshkent shahri markazida – Mirobod bozori yonida qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida bugun, 12 iyun kuni kechasi katta yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqaldi.
Videodan ko‘rish mumkinki, yong‘in qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning tepa qismida yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga harakat qilishmoqda. Yong‘in sabablari va oqibatlari haqida hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.
Bu ushbu uylar bilan bog‘liq birinchi hodisa emas. Bir haftacha avval xuddi shu uylarning yerto‘la qismida yong‘in chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Mirabad Avenue» premium darajadagi hashamatli uy-joy kompleksi sanaladi va «Golden House» kompaniyasi tomonidan qurilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkent shahri markazida – Mirobod bozori yonida qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida bugun, 12 iyun kuni kechasi katta yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqaldi.
Videodan ko‘rish mumkinki, yong‘in qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning tepa qismida yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga harakat qilishmoqda. Yong‘in sabablari va oqibatlari haqida hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.
Bu ushbu uylar bilan bog‘liq birinchi hodisa emas. Bir haftacha avval xuddi shu uylarning yerto‘la qismida yong‘in chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Mirabad Avenue» premium darajadagi hashamatli uy-joy kompleksi sanaladi va «Golden House» kompaniyasi tomonidan qurilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













