Qoramol qurbonlik qilishdagi niyat haqida

Qoramol qurbonlik qilishdagi niyat haqida
Savol:
– Assalomu alaykum! Qoramol qurbonlik qilmoqchi boʻlgan odam qanday niyat qiladi? Niyatiga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamni va qarindoshlarni qoʻshsa boʻladimi?

Javob:
– Bismillahir rohmanir rohim. Va alaykum assalom va rahmatullohi va borakatuh!
Qoramol yetti kishi uchun qurbonlik qilinishiga kifoya qiladi. Agar yetti kishi oʻrtaga mablagʻ toʻplab qoramol qurbonlik qiladigan boʻlsa, har biri oʻzidan boshqani niyat qila olmaydi. Mabodo kishi bir oʻzi qoramol qurbonlik qilayotgan boʻlsa, u oʻzidan boshqa yana olti kishini niyatiga qoʻsha oladi. Vallohu aʼlam.
Muftiy Suxayl Tarmuhammad

Manba: Azon.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.