Abdulla Aripov Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Foto: O‘zA
Turkmanboshi shahrida o‘tayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati ko‘rib chiqildi.
Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiybo‘yi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtirokini yuqori baholadi.
Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Eronning birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy bilan ham uchrashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Turkmanboshi shahrida o‘tayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati ko‘rib chiqildi.
Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiybo‘yi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtirokini yuqori baholadi.
Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Eronning birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy bilan ham uchrashdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













