Kungaboqar pistasi appenditsitga sabab bo‘lishi rostmi?

Kungaboqar pistasi appenditsitga sabab bo‘lishi rostmi?
Pista chaqish appenditsitni keltirib chiqaradi degan xavotir — noo‘rin, shunchaki mahalliy fikr, deb hisoblashmoqda mutaxassislar. Bu haqda «Xabar» nashri yozmoqda.

Jarrohlar avvaldan appenditsitning bunday rivojlanish «nazariyasi»ga shubha bilan qarashgan. O‘zi chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yallig‘lanishi hamon sirligicha qolmoqda. Yallig‘lanish o‘z-o‘zidan kelib chiqishi mumkin. Appendiksni olib tashlash esa eng oson yo‘li. Bu o‘z navbatida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqishni imkonsiz qilib qo‘yadi.

Pista chaqish appenditsit rivojlanishiga sabab bo‘lmaydi. Mutaxassislarning fikricha, appenditsitga olib keluvchi xavfli omillar mutlaqo noma’lum.

Amerikalik jarrohlar XX asrning 50—60-yillarida profilaktika maqsadida chaqaloqlar appendiksini olib tashlashga qaror qilishadi, biroq keyinchalik bu yondashuvdan voz kechishadi. Appenditsit o‘ta noxush dard: unga kuchli og‘riqlar xos emas, chidasa bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘p bemorlar shifokorga vaqtida murojaat etishmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.