O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
13 oktyabr kuni O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Xitoyning Alibaba Strategik hamkorlik markazining ilmiy tatqiqotlar instituti Bosh kotibi, Sin Cheng bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvning asosiy maqsadi – Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish. Xususan, elektron tijoratni rivojlantirish va b2b onlayn platformani yaratish (marketpleys) masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Alibaba— internet tijorati bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda kompaniya kapitalizatsiyasi 500 milliard dollarni tashkil qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.