Jizzax viloyatida yo‘l chetiga tashlab ketilgan chaqaloq topildi

Jizzax viloyatida yo‘l chetiga tashlab ketilgan chaqaloq topildi
Jizzax viloyatidagi yo‘llardan birining yoqasida yangi tug‘ilgan qiz bola chaqaloq topildi. Ushbu chaqaloq 22 yoshli «Neksiya» haydovchisi tomonidan topilgan.

Xabarda aytilishicha, oq matoga o‘ralgan chaqaloq daraxt ostiga tashlab ketilgan. Qizcha darhol viloyat shifoxonasiga yetkazib borilgan, ammo shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-modda bo‘yicha (xavf ostida qoldirish) jinoiy ish ochilgan. Huquq-tartibot xodimlari chaqaloqning onasini qidirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.