Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor

Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor
Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligidagi delegatsiyasi Buyuk Britaniyada ish safari bilan bo‘lib turibdi. 5 noyabrdan 12 noyabrga qadar davom etadigan tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning farmatsevtika sohasidagi tajribasini o‘rganadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mazkur davlat universitetlari filiallarini ochish imkoniyatlarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Qirollik farmatsevtika jamiyati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish kun tartibidan o‘rin olgan.
Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor
Tashrifning birinchi kunida o‘zbekistonlik mutaxassislar De Monfort Universiteti vakillari - prorektor janob Saymon Oldroyd va Sog‘liqni saqlash va tabiiy fanlar fakulteti dekani Kaushik Patel bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning ilmiy sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik va qo‘shma sa’y-harakatlar tafsilotlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaga tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “2019 - 2021 yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jada rivojlantirishni chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining respublikada farmatsevtika sohasi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallarini tashkil etishni nazarda tutuvchi 16-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor
Shu munosabat bilan, Toshkentda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi rahbariyati farmatsevtika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari bilan muzokaralar o‘tkazdi va xorijiy mutaxassislar farmatsevtika sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni tadqiq etish va rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish niyatlarini bildirdi.
Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor
Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashdan manfaatdor
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.