Metropoliten qurilishida halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetdi, 3 nafari bir qishloqdan

Metropoliten qurilishida halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetdi, 3 nafari bir qishloqdan
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida vujudga kelgan favqulodda vaziyat yuzasidan yangi ma’lumot berildi.
FVV matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi:

1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek To‘ra o‘g‘li;
1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li;
1999 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;
1986 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;
1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin o‘g‘li;
1981 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif To‘lqinovichdir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.