Mirjalol Qosimov deputatlikka nomzodini qo‘ydi

Mirjalol Qosimov deputatlikka nomzodini qo‘ydi
O‘zbekistonlik taniqli sobiq futbolchi va murabbiy Mirjalol Qosimov 22 dekabr kungi saylovlarda ishtirok etadi.

Olmaliqning OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 22 dekabr kungi saylovlarga tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod etib ko‘rsatilgan.

Hozirda O‘zbekiston Superligasi klublari qishki ta’tilda ekanligi bois, 49 yoshli murabbiy futboldan tashqari vaqtini saylovdagi faollik bilan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK klubi 2019 yilgi O‘zbekiston chempionatini 8-o‘rinda yakunladi. Olmaliqliklar O‘zbekiston kubogi va liga kubogi finallarida «Paxtakor»ga qarshi to‘p surib, mag‘lubiyatga uchrashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.