O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilari moliyaviy savodxonlikka o‘rgatiladi

O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilari moliyaviy savodxonlikka o‘rgatiladi
2020 yil yanvardan O‘zbekistondagi maktablarda moliyaviy savodxonlik saboqlari o‘tiladi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
11-sinf o‘quvchilari uchun asosiy tushunchalar beriladigan taqdimotlar tayyorlanadi. Ular shanba kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

«Kapital bozorini rivojlantirish agentligi xodimlari 2020 yil yanvardan mashg‘ulotlarni o‘tishni boshlaydi. 11-sinf o‘quvchilari zalga to‘planadi va ularga kapital bozori va umuman iqtisodiyotning asosiy tamoyillari haqida hikoya qilinadi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, «Iqtisodiyot» darsligiga kapital bozori asosiy tamoyillarini o‘z ichiga olgan o‘quv dasturini kiritish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.