Mo‘ynoq dunyodagi eng dahshatli joylardan biri deb topildi

Mo‘ynoq dunyodagi eng dahshatli joylardan biri deb topildi
Foto: PeritoBurrito
Mo‘ynoq Qoraqalpog‘istonda Nukusdan 220 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dunyoga mashhur Fox News telekanaliga ko‘ra, Orolbo‘yidagi Mo‘ynoq shahri dunyodagi eng dahshatli joylardan biri deb tan olingan. Telekanal reytingida ushbu shahar 11-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda \"Xabar\" nashri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan asrning o‘rtalarida Mo‘ynoq gavjum port shahri bo‘lgan, ammo keyin Orol dengizi quriy boshlaydi. Bugungi kunga kelib Orol dengizining qariyb 90 foizi qurigan. Orol dengizi fojiasi bir necha bor dunyodagi eng dahshatli ekologik ofatlardan biri sifatida tan olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.