«Chinor» YPX maskanida qalbaki dollar aniqlandi

«Chinor» YPX maskanida qalbaki dollar aniqlandi
Foto: Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati
Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga qarashli “Chinor” muntazam yo‘l patrul xizmati maskanida yo‘l patrul xodimi inspektorlari tekshirish uchun “Neksiya” rusumidagi avtomobilni to‘xtatishgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi bilan birgalikda avtomobil yukxonasini ko‘zdan kechirgan YPX inspektori, safdor Yahyo Toshev u yerdagi boshqa transport vositasiga tegishli bo‘lgan davlat raqam belgisini ko‘rib qolgan. Haydovchi bu davlat raqam belgisi korxonasiga qarashli yuk avtomobiliga tegishli ekanligini aytadi.
«Chinor» YPX maskanida qalbaki dollar aniqlandi
Shundan so‘ng xodimlar avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchilar bilan suhbatlashadi va ularning hujjatlarini tekshirishadi. Yo‘lovchilardan biri tekshiruv davomida o‘zini g‘alati tuta boshlaydi. Xodimlardan ko‘zini yashirishga harakat qiladi. Bu holat sinchkov xodimlar e’tiboridan chetda qolmaydi. Guvohlar ishtirokida ushbu yo‘lovchi to‘liq tekshirilganida esa bezovtalik sababi oydinlashadi.

Ma’lum bo‘lishicha ushbu yo‘lovchi o‘zi bilan 1200 AQSH dollarini olib ketayotgan ekan. Dollarlar xodimlarda shubha uyg‘otadi va ular tezkor xizmat vakillarini chaqirishadi. Tekshiruv vaqtida bu dollarlar qalbaki ekanligi aniqlanadi.
«Chinor» YPX maskanida qalbaki dollar aniqlandi
Avtomobil, yo‘lovchilar va ulardan olingan ashyoviy dalillar bilan birgalikda Ohangaron tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.