General qaynonalar va ularning harbiy kelinlari sinovdan o‘tkazildi

General qaynonalar va ularning harbiy kelinlari sinovdan o‘tkazildi
Qurolli Kuchlar akademiyasida bir guruh harbiy qizlarning uyda qanday kelin bo‘lganliklari sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qurolli Kuchlar akademiyasida “Mening qaynonam general” realiti-shousi o‘tkazilgan. Unda Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat olib boruvchi harbiy qizlar va ularning qaynonalari ishtirok etishgan.
General qaynonalar va ularning harbiy kelinlari sinovdan o‘tkazildi
O‘n kun davomida tasvirga olingan ko‘rsatuvda harbiy qizlar uyda qanday kelin ekanliklarini namoyish qilishgan.
Birinchi o‘rin “general qaynona” Qumri Abdurahmonova va uning leytenant kelini Dilshoda Rahimjonovaga nasib etgan.
General qaynonalar va ularning harbiy kelinlari sinovdan o‘tkazildi
G‘olib va ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanganlar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.