Senatga yangi vakolat beriladi

Senatga yangi vakolat beriladi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

2020 yil 1 iyunga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalarda:
- senatorlarni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektlari qatoriga kiritish;
- Senatga kelib tushgan qonunning joylardagi muhokamasini tashkil etishning aniq mexanizmini belgilash;
- O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
- Senat tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hisobotini muntazam muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
- parlament va senator so‘rovi yuborilgan mansabdor shaxsning o‘zi tomonidan so‘rovga javob berish tartibini belgilash;
- so‘rovlarni hududlar manfaatidan kelib chiqib shakllantirish, uning natijasiga oid axborotni qo‘mita va yalpi majlislarda muhokama qilish tizimini joriy etish;
- Senatga mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan qonunga zid qarorlarni bekor qilish vakolatini berish;
- Senatning har bir qo‘mitasi o‘z faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib chiqib shakllantirishi amaliyotini keng yo‘lga qo‘yish;
- Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‘yicha tasdiqlangan indikatorlarga erishilishi ustidan monitoring olib borish;
- Senat tomonidan yoshlar va ta’lim masalalari bo‘yicha tegishli choralarni belgilash nazarda tutiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.