10ta xalqaro va 114ta mahalliy yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilmoqda

10ta xalqaro va 114ta mahalliy yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilmoqda
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Yil davomida tegishli amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash doirasida respublika bo‘yicha:
- 10 ta xalqaro va 114 ta mahalliy yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish;
- 26 ta avtostansiya qurish va rekonstruksiya qilish;
- 296 ta oraliq bekatlarni qurish;
- 600 ta yangi avtobuslar sotib olish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Transport vazirligi, tijorat banklari, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zavtosanoatlizing” MCHJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.