Talabalar hozircha ikki hafta muddatga ta’tilga chiqarildi

Talabalar hozircha ikki hafta muddatga ta’tilga chiqarildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

- barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020 yil 16 martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqariladi;
- boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yiladi:
O‘zMU, vazirlik huzuridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» Markazi, O‘zDJTU, TTA TTJ va o‘quv binosi, TIQXMMI TTJ, TDPU TTJ;
- vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.