Kattaqo‘rg‘onda ikki qavatli uydagi portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘onda ikki qavatli uydagi portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 12 aprel kuni soat 06:43da Kattaqo‘rg‘on shahri, «Go‘zalkent» mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida is gaz siqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida ikki qavatli binoning bitta pod’ezdi qulab tushgan.

«Chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi, besh nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi», deyiladi vazirlik xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.