Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini foydalanishda yengilliklar beriladi

Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini foydalanishda yengilliklar beriladi
Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini boshqarish uchun yengilliklar berilishi kutilmoqda.
Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Markaziy bank onlayn brifingida ma’lum qilgan.

«Kechadan boshlab O‘zbekiston hududida yuk avtomobillariga bo‘lgan cheklovlar bekor bo‘ldi. Endi 1-2 kunda tadbirkorlarimiz ko‘plab murojaatlar bilan chiqishmoqdaki, ularning mashinasi shaxsiy. Shaxsiy mashinalarga esa ruxsat yo‘q, faqat tashkilot avtomobillariga stiker berilmoqda. Shu nuqtai nazardan, hozir bu bo‘yicha ham 1-2 kun ichida Bosh vazirimiz rahbarliklaridagi komissiyaning qarori chiqadi, buni ham yengillashtiramiz», - deya ta’kidladi Bosh vazir o‘rinbosari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.