Maktabda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Maktabda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda 9-sinf o‘quvchisi bilan bog‘liq jiddiy holat yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Hodisa 19 may kuni dars vaqtida sodir bo‘lgan. O‘quvchi o‘qituvchining topshiriqlarini bajarmagani va dars jarayoniga xalaqit bergani ortidan ular o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Vaziyat keskinlashib ketishi natijasida o‘qituvchi o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan.

Jabrlangan o‘quvchi tibbiy yordam olish uchun shifoxonaga murojaat qilgan. Uning sog‘lig‘i bo‘yicha aniq ma’lumotlar hozircha ochiqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 105-modda — “qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddi organlar tomonidan voqeaning barcha holatlari o‘rganilayotgani va yakuniy qaror tergov natijalariga ko‘ra qabul qilinishi ma’lum qilingan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.