Birjada AI-80 benzini yangi tartibda sotila boshlandi

Birjada AI-80 benzini yangi tartibda sotila boshlandi
2020 yil 1 maydan boshlab AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan faqat birja savdolari orqali sotila boshladi.

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJda benzin bo‘yicha o‘tkazilgan birja savdolarining dastlabki kunida savdolarga 14 054,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzin qo‘yildi va ulardan 9 123,5 tonnasi, ya’ni 65 foizi sotildi.

Birja savdolarida “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalari, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha narxi uning boshlang‘ich bahosiga nisbatan 0,1 foizga o‘sdi va yoqilg‘ining bir tonnasi uchun 3 812,5 ming so‘mni tashkil qildi. Litrga o‘tkazilganda AI-80 benzinning birjada shakllangan narxi yoqilg‘ining bir litri uchun o‘rtacha 2 783-2 949 so‘mni tashkil etdi (benzinning bir tonnasi taxminan 1 293-1 370 litrga teng).

Birja savdolarida shakllangan narxlar aksiz solig‘i, yuklash, tashish va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga qamrab olmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.