Sirdaryolik ota karantin davrida farzandi uchun 17 mln. aliment pulini to‘lab berdi

Sirdaryolik ota karantin davrida farzandi uchun 17 mln. aliment pulini to‘lab berdi
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan yurtimizda e’lon qilingan karantin davrida ham aliment undiruvlari hamda oilalar yarashuvi kabi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining 2015 yil 18 dekabrdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Yu.Anorovdan undiruvchi Z.Xudoyarovaga foydasiga bir nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini undirish belgilangan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida joriy yilning 21 may kuni qarzdordan 17,2 mln. so‘m aliment pullari to‘liq undirilib, undiruvchiga tilxat bilan topshirilishi ta’minlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.