«Parkent bozori» yonida yuz bergan yong‘in bo‘yicha ma’lumot berildi

«Parkent bozori» yonida yuz bergan yong‘in bo‘yicha ma’lumot berildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Parkent bozorida sodir bo‘lgan yong‘in videosi tarqaldi. Kun.uz holat yuzasidan FVV axborot xizmati bilan bog‘landi.

«Bugun, 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Parkent bozori yonida – Mavloniy-Niyoziy ko‘chasida transformator yonib ketgan. Ayni paytda transformator elektr tarmog‘idan uzilmoqda. Shundan so‘ng yong‘in to‘liq bartaraf etiladi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yoki qurbonlar yo‘q. Hodisa joyiga ikkita yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb etilgan
», dedi FVV axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.