Farg‘onada soxta diplom tayyorlab bergan o‘qituvchilar qo‘lga olindi

Farg‘onada soxta diplom tayyorlab bergan o‘qituvchilar qo‘lga olindi
Farg‘onada soxta diplom tayyorlab bergan o‘qituvchilar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Oltiariq tumanidagi maktab o‘qituvchilari Z.Z, M.Y. va R.Yu. oldindan til biriktirib, fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha Oltiariq tuman agrosanoat kollejini tamomlaganligi haqidagi soxta diplomni tayyorlab berish evaziga 500 AQSH dollarini olishgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Shuningdek, tadbir jarayonida fuqaro M.Y.ning yonida 2 ta to‘ldirilmagan diplomlar mavjudligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan, Z.Z, R.Yu. va M.Y. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.