Toshkentda bugundan bepul dori-darmon qutichalari tarqatiladi

Toshkentda bugundan bepul dori-darmon qutichalari tarqatiladi
Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida SSV huzuridagi Muvofiqlashtirish kengashi raisi Habibullo Oqilov ma’lum qildi. U O‘zA muxbirining «Gidroksixloroxin» dori preparati haqidagi savoliga javob berar ekan, jumladan shunday dedi:

– Siz aytayotgan «Gidroksixloroxin» dori preparatini statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarda foydalanyapmiz – dedi H.Oqilov. - Ammo uy sharoitida davolanayotgan simptomsiz bemorlar protokolidan olib tashlandi. To‘g‘ri, uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga bepul yetkazib berilayotgan dori-darmonlar qutichasida «Gidroksixloroxin» dori preparati bor edi. Endilikda uning o‘rniga «Avigan» qo‘shildi va 5 ming dona dori-darmon qutichasi tayyorlandi. Ular ertadan boshlab Toshkent shahri aholisi uchun tarqatila boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.