Seyf ichidan 2 milliard so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlab ketgan guruh ushlandi

Seyf ichidan 2 milliard so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlab ketgan guruh ushlandi
2020 yiling 15 avgust kuni soat 21:30dan 16 avgust kuni soat 17:30gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahrida noma’lum shaxslar, MCHJ binosining tashqi derazasi, shuningdek moddiy boyliklar saqlanadigan ombor eshigi va temir panjaralarini buzgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular temir seyfning qulfini temir kesish uskunasi yordamida kesib, seyfning ichida hamda hisobchilar xonasida bir necha sumkalarga solingan taxminan 2 milliard so‘mdan ko‘proq naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Seyf ichidan 2 milliard so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlab ketgan guruh ushlandi
Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Seyf ichidan 2 milliard so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlab ketgan guruh ushlandi
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni oq rangli davlat raqamlari yechib olingan Lacetti rusumli avtomashinada kelgan 6 nafar fuqaro sodir etganligi ayon bo‘lgan.

Tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatga aloqador yana 2 nafar fuqaro aniqlanib, ular o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlangan, ularning barchasini shaxsiga oid ma’lumotlariga aniqlik kiritilgan.
Seyf ichidan 2 milliard so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlab ketgan guruh ushlandi
Qayd etilishicha, hozirda jinoyatchilar JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. O‘g‘irlangan pullar tergov jarayonida ashyoviy dalillar tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma’lumotda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.